Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi.
O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zbek tili bayrami arafasida Xalqaro O‘zbek tili olimpiadasi tashkil etilmoqda
Tanlov haqida
Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi 2022-yil 18-oktabr kuni o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qat’i nazar) bo‘lgan 15-17 yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro olimpiada o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha bitta bosqichda - test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadada qatnashishni istagan har bir o‘quvchi individual tarzda elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va ishtirok etishi mumkin.
- Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishdir;
- Xorijiy davlatlardagi o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;
- Xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, adabiyoti va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish;
- Xorijdagi o‘zbek tilini o‘rganishga intilayotgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.