Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi.

O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zbek tili bayrami arafasida Xalqaro O‘zbek tili olimpiadasi tashkil etilmoqda

Tanlov haqida

Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi 2022-yil 18-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Xalqaro olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qat’i nazar) bo‘lgan 15-17 yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Xalqaro olimpiada o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha bitta bosqichda - test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Xalqaro olimpiadada qatnashishni istagan har bir o‘quvchi individual tarzda elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va ishtirok etishi mumkin.

  • Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishdir;
  • Xorijiy davlatlardagi o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;
  • Xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, adabiyoti va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish;
  • Xorijdagi o‘zbek tilini o‘rganishga intilayotgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
Tanlovda qatnashish

Ro'yxatdan o'tish formasi

(.pdf, .jpg, .jpeg)
(.jpg 3x4)

Tashkilotchilar

O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi

Hamkorlar

Innovatsiya, texnologiya va
strategiya markazi

Bog'lanish

Manzil:

100011, O'zbekiston, Toshkent, Shaxhontoxur tumani, Navoiy ko'chasi, 2A-uy



Telefon raqami:

+998 88 035 88 35